Raqamli texnologiyalar vaziri Namangandagi “Chortoq IT Shool” MChJ faoliyati bilan tanishdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Namangandagi “Chortoq IT Shool” MChJ faoliyati bilan tanishdi

 

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Namangan viloyati Chortoq tumanidagi “Chortoq IT Shool” MChJga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida viloyatda IT sohasini rivojlantirish, sohada yoshlar bandligini ta’minlash, yangi korxonalar tashkil etish orqali ish o‘rinlarini yaratish, IT xizmatlar eksportini oshirish yuzasidan masalalar muhokama qilindi.

Mazkur markaz IT ta’lim o‘rgatish va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishga mo‘ljallangan.

Markazda bugungi kunda 200 nafar o‘quvchi 6 xil yo‘nalishda tahsil olmoqda. 2023-yil davomida 1000 nafardan ortiq yoshlar turli xil yo‘nalishlar bo‘yicha bitiruv sertifikatlariga ega bo‘lishdi.

Mazkur bitiruvchilarning 20 nafari davlat muassasa idoralarida, 50 nafari IT-Park rezident korxonalarida, 60 nafardan ziyodi frilanser sifatida faoliyat yuritib kelishmoqda.

Eng ahamiyatli jihati, mazkur markaz rahbari tomonidan jismoniy nogironligi mavjud yoshlarga IT sohasini o‘rgatuvchi “Imkon” loyihasi ishga tushirildi. Ushbu loyiha doirasida o‘nlab yoshlar frilanserlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

Ushbu markaz bitiruvchisi imkoniyati cheklangan Salohiddin Fayzullayev bugungi kunda frilanser sifatida 300 dollar daromad qilmoqda.



Report Page